Toshkent atrofida 630 dan ortiq issiqxonalar faoliyat yuritmoqda, ulardan 60 foizi ko‘mir va hatto eski shinalarni yoqmoqda – Ekopartiya
O‘zbekiston Ekologik partiyasi deputatlari Toshkent shahridagi havo ifloslanishi bo‘yicha Bosh prokuraturaga rasmiy so‘rov yo‘lladi. Partiya vakillarining ta’kidlashicha, poytaxt atrofidagi ko‘plab issiqxonalar, shuningdek, transport vositalari va sanoat korxonalari doimiy zararli moddalarni chiqarib, shaharning ekologiyasiga zarar yetkazmoqda. O‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, Toshkentdan 20–30 kilometr radiusda, taxminan 1314 gektar hududda 630 dan ortiq issiqxona faoliyat yuritmoqda. Deputatlar ma’lumotiga ko‘ra,…